Qashqadaryoda 30 ming gektar yer foydalanishga kiritiladi
Jamiyat
−
12:35 769 1 daqiqa
Kosmik ma’lumotlar asosida Qashqadaryoda foydalanishga kiritish mumkin bo‘lgan yana 30 ming gektar yer aniqlandi. Bu haqda bugun, 22 oktyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokidagi Qashqadaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga bag‘ishlangan yig‘ilishda ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, aniqlangan yerning eng katta qismi Muborak, Koson va Ko‘kdalaga to‘g‘ri keladi. Nishon, Qamashi, Qarshi, Mirishkor, G‘uzor, Yakkabog‘, Kitob, Chiroqchi va Shahrisabzda ham qo‘shimcha maydonlar o‘zlashtiriladi. Bu ishga Misrdan o‘n nafar doimiy maslahatchi jalb etiladi.
Prezident Qashqadaryoda ekin maydonlariga suv yetkazish murakkab va qimmatga tushayotganiga e’tibor qaratgan.
Kelasi yil 265 kilometr kanal betonlashtiriladi, 20 ta nasos yangilanadi. Bu ishlarga 550 milliard so‘m ajratiladi. 2027 yilda fermerlar bilan birga 75 ming gektarda suv tejovchi texnologiyalar joriy etiladi.
Bu yil Koson, Nishon, Qamashi va Mirishkorda sig‘imi 50 ming kub metrdan bo‘lgan to‘rtta kichik suv hovuzi qurilgan. Mazkur tajriba kengaytirilib, 1 iyungacha Koson, Nishon, Mirishkor, Qamashi va Yakkabog‘ning har birida yana ikkitadan shunday hovuz barpo qilinadi.
Live
Barchasi