Sahnadan siyosatga. Zelenskiy aslida kim?

Olam

image

Xabaringiz bor, joriy yilning 31 mart kuni Ukrainada prezidentlik saylovlarining birinchi turi bo‘lib o‘tgan edi. 

Ukraina Markaziy saylov komissiyasi xabariga ko‘ra, rasman hech bir nomzod prezidentlik uchun yetarli ovoz to‘play olmagan. Mamlakatda prezidentlik saylovining ikkinchi turi joriy yilning 21 aprel kuni bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

Prezidentlik saylovlarining birinchi turida teleboshlovchi Vladimir Zelenskiy 30,4 foiz ovoz to‘plab, boshqa nomzodlardan sezilarli darajada ilgarilab ketgan. U hattoki, amaldagi prezident Pyotr Poroshenkodan ikki barobar ko‘p ovoz to‘plagan. 

Prezidentlikka uchinchi nomzod hisoblangan Yuliya Timoshenko yetarlicha ovoz to‘play olmagani sabab, ikkinchi turda ishtirok etmaydigan bo‘ldi va endi prezidentlik uchun kurash Vladimir Zelenskiy va Pyotr Poroshenko o‘rtasida kechadi.

Teleboshlovchining amaldagi prezidentdan ko‘p ovoz to‘play olgani ko‘pchilikning hayratiga sabab bo‘lmoqda. Shu bois, QALAMPIR.UZ e’tiboringizga Zelenskiy haqida bir qator ma’lumotlarni taqdim etadi.

Teleboshlovchi, aktyor va shoumen Vladimir Zelenskiy 1978 yilning 25 yanvarida Ukrainaning Dnepropetrovsk viloyatida tavallud topgan. Uning otasi dasturchi, onasi esa muhandis edi. Bolaligi birmuncha qiziq kechgan. U oilasi bilan 4 yil muddat Mo‘g‘ulistonda yashagan. Yoshligida sport, pianino va raqs to‘garaklariga qatnashgan.

Qiziq tomoni, u bolaligida siyosat bilan shug‘ullanishni orzu qilar edi. U Kiyev milliy iqtisodiyot universitetining huquqshunoslik fakultetini ham tugatgan. Lekin, u bu sohada biror kun ham ishlamadi.

Maktab yillarida Zelenskiy faol ravishda KVNda qatnashar edi. Hatto, 1997-2003 yillarda o‘zining “95-y kvartal” jamoasini ham tuzgan edi. Keyinchalik, jamoa ichidagi ziddiyat tufayli KVNni tark etadi.

2003 yildan Zelenskiy “95-y kvartal”ni shunchaki jamoadan “95-y kvartal” studiyasiga aylantirdi va u ko‘ngilochar video-kontentlar ishlab chiqara boshladi. Ukraina va Rossiya telekanallari bilan hamkorlikda bir qator dasturlar taqdim etdi.  Bu loyihalar unga jamiyatda katta shuxrat keltirgan.

2013-2014 yillardagi Ukraina siyosiy inqirozi vaqtida u “Maydon voqealari” tarafdorlarini qo‘llab-quvvatlab chiqdi. Mamlakat janubi-sharqidagi Ukraina armiyasining urush harakatlariga ham bevosita ta’sir o‘tkazib turdi. Natijada Rossiya telekanallaridagi biznes faoliyati yakunlandi.

2018 yilning yakunida Vladimir Zelenskiy “1+1” telekanali orqali ukrainaliklarga murojaat bilan chiqib, mamlakat prezidentligiga o‘z nomzodini qo‘ymoqchi ekanligini bildirgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Vladimir Zelenskiy

Baholaganlar

375

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing