Aktyor Silvestr Stallonening onasi 98 yoshida vafot etdi

Madaniyat-san’at

image

Kecha, 21 sentyabr kuni amerikalik aktyor Silvestr Stallonening onasi Jaklin Stallone vafot etdi. U 98 yoshda bo‘lgan. Bu haqda TMZ xabar berdi. 

O‘lim sabablari to‘g‘risida ma’lumot berilmagan. Jaklin Stallone taniqli munajjima, raqqosa, shuningdek, ayollar kurashi targ‘ibotchisi bo‘lgan. 

U so‘nggi yillari davomida juda faol, harakatchan bo‘lib qolgandi. O‘zining internetdagi sahifalariga studiyada raqs bilan shug‘ullanayotgan jarayoni aks etgan videolarini ham joylashtirib borardi.

Jaklin Stallone uchta farzandni voyaga yetkazgan: Silvestr Stallone, musiqachi va qo‘shiqchi Frenk Stallone va aktrisa Toni D'Alto.


Maqola muallifi

Teglar

Sil'vestr Stallone

Baholaganlar

234

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing