Mashhur Gollivud aktyori iti uchun 15 ming dollar sarflagani ma’lum bo‘ldi

Bu qiziq

image

Gollivudning mashhur aktyori, jangari filmlardagi rollari bilan tanilgan Silvestr Stallone iti uchun 15 ming dollar sarflagani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda “The Voice Mag” xabar berdi

Qayd etilishicha, Stallone 1971 yilga qadar hozirgi muvaffaqiyatiga erishmagan, teatr va teleseriallarda kichik rollarni ijro etish bilan kifoyalangan. Bu ishlardan oladigan daromadi ham barqaror bo‘lmagan. Hatto, aktyor o‘sha paytlarda bir juft shim va teshik poyabzaldan boshqa narsasi bo‘lmaganini ham tan olgan. Kunlardan bir kuni uning moliyaviy ahvoli shu qadar yomonlashadiki, oziq-ovqat sotib olish uchun o‘zining Butkus laqabli kuchugini 40 dollarga sotishga majbur bo‘ladi. 

Ushbu qarorni qabul qilish Stallonega juda qiyin kechadi. Chunki u itini juda qadrlar edi. 

“U meni borligimcha yaxshi ko‘radigan yagona tirik mavjudot edi”, deya eslaydi Silvestr Stallone. 

Ammo u itini unuta olmaydi. 1976 yilda katta ekranlarga chiqqan “Rokki” filmi Silvestr Stallonega ulkan shuhrat keltiradi. Film uchta nominatsiya bo‘yicha Oskar mukofotiga loyiq ko‘riladi. Stallone film ssenariysi uchun gonorarni olishi bilan itini sotib olishga oshiqadi. Biroq uning yangi egasi Butkusning Stallone uchun juda qadrli ekanini bilib, itga 15 ming dollar narx qo‘yadi. 

U bu pulni darhol to‘lab, itini sotib oladi. Keyinchalik aktyorning o‘zi Butkus uchun to‘langan har bir sent bunga arzishi haqida aytgan. Stallone jonivorga 1981 yil — itning vafotiga qadar g‘amxo‘rlik qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Gollivud Sil'vestr Stallone

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing