Akmal Saidov Parlamentlararo ittifoq prezidentligiga saylana olmadi

Jamiyat

image

3 noyabr kuni Parlamentlararo ittifoq prezidentligi uchun o‘tkazilgan saylovda Portugaliya vakili Duarte Pacheko 222 ta ovoz bilan g‘alaba qozondi. Duarte Pacheko birinchi turning o‘zida 56 foiz ovoz olib, Ittifoqning yangi Prezidenti etib saylandi.

Saylovda to‘rt davlat vakili – Portugaliyadan Duarte Pacheko, Pokistondan Muhammad Sanjrani, O‘zbekistondan Akmal Saidov va asli kelib chiqishi pokistonlik bo‘lgan Kanada fuqarosi Salma Ataullohjon "kurash" olib bordilar.

Saylovda O‘zbekiston 67 ta, Kanada 53 ta, Pokiston eng kam 53 ta ovoz olgan. Rasmiylarning aytishicha, Hindiston Pokiston nomzodiga qarshi chiqqan, shu sababli u Portugaliya vakili Duarte Pacheko yoki O‘zbekiston nomzodi Akmal Saidovga ovoz berishi kerak bo‘lgan.

Parlamentlararo ittifoq yangi prezidentining vakolat muddati 2020-2023 yillar etib belgilangan. Ittifoqning avvalgi prezidenti Meksika vakili Gabriel Kuevas Barron edi. Uning vakolat muddati joriy yilning oktyabr oyida yakuniga yetdi.

Duarte Pacheko Parlamentlararo ittifoqning 30-prezidenti bo‘ldi. U 1991 yildan beri Portugaliya parlamenti a’zosi hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Akmal Saidov

Baholaganlar

210

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing