Akmal Burhonovning deputatlik vakolati muddatidan avval tugatildi
Jamiyat
−
24 iyul 2020 22478 1 daqiqa
Bugun, 24 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qarori bilan Akmal Burhonovning Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati sifatidagi vakolati muddatidan avval tugatildi.
Burhonov Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori etib tayinlangani munosabati bilan deputatligi muddatidan avval tugatildi.
U agentlikdagi faoliyatida turli manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish uchun partiyaviylikdan ham voz kechgan.
“Agentlikdagi ish faoliyatimga ta’sir etmasligi uchun, xususan, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi a’zoligini ham tark etishga qaror qildim”, deydi Burhonov.
Burhonovning ta’kidlashicha, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati, siyosiy partiyalar bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi.
Eslatib o‘tamiz, Akmal Eshondedayevich Burhonov 15 iyul kuni yangi tashkil etilgan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori etib tayinlandi. Bungacha u "Yuksalish umummilliy harakati raisi lavozimida ishlagan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025