Akmal Burhonovga yana bir o‘rinbosar tayinlandi
Jamiyat
−
03 noyabr 2020
9941O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 3 noyabrdagi PQ-4873-son qarori bilan Tal’atjon Soliyevich Xaydarov Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining o‘rinbosari – Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini tahlil va monitoring qilish boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar berdi.
Tal’atjon Xaydarov 1980 yilda tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, 2001 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan, mutaxassisligi huquqshunos.
Tayinlovga qadar, Tal’atjon Xaydarov O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining ichki xavfsizlikni ta’minlash bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Avvalroq, Umida Tuxtasheva Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining o‘ribosari etib tayinlangani haqida xabar bergan edik.
Ma’lumot uchun, katta maqsadlar bilan tashkil qilingan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga Akmal Burhonov rahbarlik qiladi.
LiveBarchasi