Ahmad-Hoji Qodirov xotira turniri: Hasanboy Do‘smatov g‘alaba bilan boshladi
Sport
−
16 avgust 2022
4512Checheniston Respublikasida boks bo‘yicha Ahmad-Hoji Qodirov xotirasiga bag‘ishlangan musobaqa o‘tkazilmoqda.
Kecha, 15 avgust kuni 7 nafar o‘zbekistonlik bokschi ringga ko‘tarildi. Bahslarda uch nafar o‘zbekistonlik bokschi g‘alaba qozongan bo‘lsa, to‘rt nafari mag‘lubiyatga uchradi. Xususan, Olimpiada chempioni Hasanboy Do‘smatov ham musobaqadagi ishtirokini g‘alaba bilan boshladi.
Axmat-Xoji Qodirov musobaqasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan bokschilarning natijalari bilan tanishing:
-54 kg: Dilshod Abduvaliyev - Islam Abumuslimov (Checheniston) (mag‘lubiyat);
-54 kg: Hasanboy Do‘smatov - Murad Tutayev (Checheniston) (g‘alaba);
-57 kg: Samandar Xolmurodov - Tohirjon Yo‘ldoshev (Tojikiston) (mag‘lubiyat);
-60 kg: Dilshod Abdumurodov - Deni Movsarov (Checheniston) (g‘alaba);
-63,5 kg: Ruslan Abdullayev - Karim Batayev (Checheniston) (g‘alaba);
-63,5 kg: Gafur Tohirov - Tamerlan Ayubov (Checheniston) (mag‘lubiyat);
-71 kg: Kamron Turg‘unboyev - Ismail Mutsolgov (Checheniston) (mag‘lubiyat).
Ma’lumot uchun, Ahmad Qodirov 1951 yilda tug‘ilgan. Qodirov Buxorodagi Mir Arab madrasasi va Toshkent Islom institutida o‘qigan. U 1995-2000 yillarda Checheniston Respublikasining bosh muftiysi sifatida faoliyat olib borgan. Ahmad Qodirov qisqa vaqt mobaynida, ya’ni 2003 va 2004 yillarda Checheniston Prezidenti bo‘lib ham ishlagan. Ahmad Qodirov 2004 yil vafot etgan. Uning uch nafar farzandi (ikki qiz, bir o‘g‘il) bor. Uning o‘g‘li Ramzon Qodirov Checheniston Respublikasining amaldagi rahbari hisoblanadi.
LiveBarchasi