Axatov Ukraina elchixonasidagi hamdardlik kitobiga qayd kiritdi
Jamiyat
−
10 yanvar 2020
2650Bugun, 10 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Dilshod Axatov Ukrainaning Toshkent shahridagi elchixonasiga tashrif buyurdi.
“TIV rahbari o‘rinbosari joriy yilning 8 yanvar kuni “Ukraina xalqaro avialiniyalari”ga tegishli Boeing-737 samolyotning Eron hududida aviahalokatga uchrashi oqibatida insonlarning qurbon bo‘lgani munosabati bilan samimiy ta’ziya izhor etdi va Elchixonada ochilgan Hamdardlik kitobiga qayd kiritdi”, deyilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Tehron aeroportidan osmonga ko‘tarilgan “Ukraina xalqaro avialiniyalari” kompaniyasining Boeing-737 yo‘lovchi samolyoti bir necha daqiqadan so‘ng halokatga uchradi. Samolyotda bo‘lgan 170 nafar yo‘lovchi hamda 9 nafar ekipaj a’zolari halok bo‘ldi. Yo‘lovchilarning aksariyati Eron fuqarolari bo‘lgan – 140 kishi. Shuningdek, ular orasida Ukraina, Kanada, Germaniya, Buyuk Britaniya, Shvetsiya hamda Afg‘oniston fuqarolari ham bo‘lgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ukraina va Eron Prezidentlariga hamdardlik maktublarini yo‘llagandi.
LiveBarchasi