O‘zbekiston Lixtenshteynga ilk elchisini yubordi

Jamiyat

image

O‘zbekistonning Lixtenshteyn knyazligidagi birinchi elchisi etib tayinlangan Dilshod Axatov ushbu mamlakat valiahd shahzodasi Aloizga ishonch yorliqlarini topshirdi. Bu haqda “Dunyo” xabar berdi.

Lixtenshteyn valiahd shahzodasi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni va ikki davlat o‘rtasidagi kuzatilayotgan o‘zaro manfaatli aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlagan. 

U tarixda ilk bor mazkur mamlakatda O‘zbekiston elchisining tayinlanganini alohida e’tirof etgan.

Lixtenshteyn va O‘zbekiston o‘rtasida 2024 yil mart oyida o‘rnatilgan diplomatik aloqalar hamkorlikni tizimli ravishda davom ettirishga muhim poydevor bo‘lgani, Vadusning Toshkent bilan munosabatlarni kengaytirish va mustahkamlash tarafdori ekani ta’kidlangan. 

Uchrashuv yakunida shahzoda Aloiz O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga ezgu-tilaklari va samimiy salomlarini yo‘llagan hamda O‘zbekiston xalqiga tinchlik va farovonlik tilagan. 

Shuningdek, O‘zbekiston delegatsiyasi Lixtenshteyn Bosh vaziri o‘rinbosari – Tashqi ishlar, atrof-muhit va madaniyat vaziri Sabine Monauni bilan uchrashuv o‘tkazgan. Suhbat chog‘ida ikki mamlakatning BMT hamda boshqa xalqaro tashkilotlar doirasidagi konstruktiv muloqoti yuksak baholangan.

Eslatib o‘tamiz, Dilshod Axatov 2023 yilning oktyabr oyida O‘zbekistonning Germaniyadagi elchisi sifatida Germaniya Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayerga ishonch yorliqlarini topshirgan edi. Bugungi kunga qadar Dilshod Axatov O‘zbekistonning Shveysariya va Chexiyadagi o‘rindoshlik asosida elchisi ham hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Dilshod Axatov Lixtenshteyn Aloiz

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing