“Akfa Medline” klinikasida bemor va uning tanishi qo‘riqchini do‘pposladi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Joriy yilning 14 mart kuni Toshkentda “Akfa Medline” klinikasining qo‘riqchisi bemorni ko‘rgani kelgan fuqaro va bemor tomonidan kaltaklandi. Bu haqda Tergov departamenti xabar berdi.

Hodisa yuz bergan kun soat 16:08 larda 45 yoshli Bahodir U. va 51 yoshli Ravshan Q. Olmazor tumanida joylashgan  jamoat joyi hisoblangan “Akfa Medline” shifoxonasida bo‘la turib, shifoxona qo‘riqchisi 27 yoshli A’zam A. o‘zining xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtida, unga qarshilik ko‘rsatib hech bir sababsiz haqorat qilib, urib tan jarohati yetkazishgan.

Mazkur holat yuzasidan Olmazor tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Bahodir U., va Rovshan Q.,larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “g” bandi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlanganlar.

Olib borilgan tergov harakatlari davomida, Bahodir U. mazkur shifoxonada davolanayotganligi, Ravshan Q. uni ko‘rish maqsadida kelib, shifoxona ichki tartib qoidalariga ko‘ra mumkin bo‘lmasada, bemor xonasiga kirishini talab qilib, qo‘riqchiga qarshilik ko‘rsatib bemor xonasiga kirib, oradan bir soatdan so‘ng Bahodir U. va Ravshan Q. tashqariga chiqib, qo‘riqchiga “qo‘lingdan nima keldi” deb mazax qilganliklari tufayli, ushbu janjal kelib chiqqanligi aniqlangan.

Ta’kidlash joizki, bu turdagi jinoyatlar uchun Jinoyat kodeksining normalariga ko‘ra, 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

bezorilik Akfa Medline

Baholaganlar

546

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing