Akasining to‘yida mashinadan pul sochgan yigit 10 sutkaga qamaldi (video)
3-sahifa
−
01 iyun
9143Farg‘ona viloyatida to‘y kortejida avtomobil “lyuk”idan tanasini chiqarib, pul sochgan shaxsga 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Bildirilishicha, holat Beshariq tumanida sodir bo‘lgan. Gap shundaki, yigit kortejdagi mashinaning lyukidan tanasini chiqarib, soxta pullarni atrofga sochgan va holatni videotasvirga olib ijtimoiy tarmoqqa joylagan.
Holat yuzasidan olib borilgan tekshiruv ishlari Beshariq tuman sudiga oshirildi. Yigitga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik)ga asosan 10 sutka qamoq jazosi tayinlandi.
Sud davomida ayblanuvchi qilgan ishidan pushaymon ekanligini bildirdi.
“Akamning to‘yida kortejda lyukdan chiqib pul sochgandim. Xatti-harakatim noto‘g‘riligini tushuntirishdi. Qilgan ishimdan qattiq pushaymonman. Tengdoshlarimga ham tavsiya qilmayman”, deydi u.
Eslatib o‘tamiz, Buxoroda 6 may kuni mast ayol harakatlanayotgan mashinadan tanasini chiqarib o‘ynagani uchun haydovchi va yo‘lovchiga nisbatan ma’muriy bayonnoma tuzilgandi.
LiveBarchasi