Akademiya tinglovchilari paxtaga chiqadimi? IIV bunga aniqlik kiritdi

Jamiyat

image

Shu yilning 10 sentyabr kuni turli ijtimoiy tarmoqlarda Milliy gvardiya harbiy-texnika instituti, Ichki ishlar vaziriligi akademiyasi va Bojxona institutlari talabalariga “paxtaga ko‘ngilli chiqaman” degan tilxat yozdirish boshlandi” sarlavhasi bilan tarqatilgan ma’lumot O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi tomonidan o‘rganilib, rasmiy munosabat bildirildi.

"Bugungi kunda Vazirlik Akademiyasidagi o‘quv jarayoni tasdiqlangan o‘quv rejasi va dasturlar asosida belgilangan kun tartibiga rioya qilingan holda amalga oshirilmoqda va barcha kursantlar o‘quv jarayonida to‘liq ishtirok etmoqda.

IIV Akademiyasi kursantlarini paxta terimiga jalb etish bo‘yicha Ichki ishlar vazirligi tomonidan biror-bir hujjat qabul qilinmagan",  deyilgan vazirlik bayonotida.
 


Maqola muallifi

Teglar

vazirlik paxtaga

Baholaganlar

145

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing