Akademik litseylarga saralash imtihonlari qoldirildi

Jamiyat

image

Akademik litseylarga maktab o‘quvchilarni saralab olish uchun o‘tkaziladigan imtihonlar noma’lum muddatga qoldirildi. Bu haqda Toshkent shahar XTBB xabar berdi.

“Maxsus komissiya qaroriga muvofiq karantin talablarining kuchaytirilishi munosabati bilan akademik litseylarda saralash imtihonlari noma’lum muddatlarga qoldirilganligini ma’lum qilamiz!”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 23 martdagi  212-sonli “Akademik litseylarga umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarini tanlab olish, o‘qishga qabul qilish, ularning o‘qishini ko‘chirish va o‘qishdan chetlatish tartibi to‘g‘risida” gi Nizomga muvofiq akademik litseylarda saralash imtihonlari har yili 10 iyuldan 25 iyulga qadar o‘tkazilishi belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

imtihon akademik litsey

Baholaganlar

149

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing