Aka o‘z ukasining xotini va qizini pichoqlab o‘ldirdi
Jamiyat
−
26 iyun 2019
9542Joriy yilning 24 iyun kuni Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanida fuqaro o‘z ukasining xotini va qizini pichoqlab o‘ldirdi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar tarqatdi.
Shu kuni soat 23:00 larda fuqaro A.A. (1961 y.t.) meros qolgan uyni sotishdan tushgan 97 mln. so‘m pul mablag‘ini o‘zaro taqsimlashda ukasi bilan o‘zaro nizoga borib qolgan.
Nizo oqibatida ukasining uyida uning oila a’zolari bilan o‘zaro janjallashib, qasddan o‘ldirish maqsadida o‘zi bilan olib kelgan pichoq bilan dastlab ukasining turmush o‘rtog‘i G.M. (1964 y.t.) hamda uning qizlari X.A. (1987 y.t.) va G.A. (1994 y.t.)larning tanalarining turli joylariga bir necha marotaba urib, hodisa joyidan qochib yashiringan.
Olgan tan jarohatlari oqibatida G.M. va uning qizi X.A.lar hodisa joyida vafot etganlar, o‘z vaqtida ko‘rsatilgan tibbiy yordam natijasida G.A.ning hayoti saqlab qolindi.
Mazkur holat yuzasidan To‘raqo‘rg‘on tumani prokuraturasi tomonidan 24.06.2019 yilda A.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “a”, “j” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
A.A. tegishli protsessual tartibda ushlangan.
LiveBarchasi