Aqto‘beda erkak tok urishi oqibatida vafot etdi
Olam
−
03 yanvar
2943Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatidagi K.Nokin qishlog‘ida 38 yoshli erkak tok urishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda “Tengrinews” xabar berdi.
Nashrga ko‘ra, hodisa 2024 yilning 31 dekabr kuni – Yangi yil arafasida yuz bergan. Fuqaro elektr ta’minoti yo‘qligining sababini tekshirish uchun transformator punktiga borgan va tok urishidan vafot etgan. Qisqa tutashuv oqibatida transformator punkti yonib ketgan.
Aqto‘be viloyati politsiya departamentiga ko‘ra, transformator punktida jasad topilgani bo‘yicha sudgacha tergov harakatlari boshlangan. Dastlabki o‘lim sababi – elektr toki urishi deya taxmin qilinmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatining Qibray tumanida radar o‘rnatayotgan 26 yoshli muhandis tok urishidan vafot etgandi. Yigit kompyuter tarmog‘i muhandisi bo‘lgan. U 6,5 metr balandlikda elektr simlarini ulash jarayonida havo elektr uzatish tarmog‘iga tegib ketgan.
LiveBarchasi