Aqto‘beda halok bo‘lganlarning jasadini olib kelish uchun maxsus bort Qozog‘istonga uchdi
Jamiyat
−
04 aprel
8670Aqto‘bedagi YTHda halok bo‘lgan 8 nafar o‘zbekistonlikning jasadini olib kelish uchun maxsus bort Qozog‘istonga uchdi. Bu haqda FVV axborot xizmati ma’lum qildi.
"O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning topshiriqlariga asosan YTH oqibatida halok bo‘lganlarni Vatanimizga olib kelish uchun Favqulodda vaziyatlar vazirligi boshchiligida maxsus bort bugun, 4 aprel kuni soat 10:25 da Qozog‘iston Respublikasiga uchib ketdi", deyiladi xabarda.
Avvalroq, Qozog‘istonning Aqto‘be viloyati Marjonbuloq qishlog‘idan o‘tgan Samara-Chimkent trassasida sodir bo‘lgan YTH oqibatida 8 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgani xabar qilingandi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev mas’ullarga baxtsiz hodisada vafot etganlarni O‘zbekistonga olib kelish topshirig‘ini berdi.
Shundan so‘ng, vafot etganlarni Mudofaa vazirligining maxsus havo borti orqali O‘zbekistonga olib kelish va dafn etish marosimlarini o‘tkazish bo‘yicha Hukumat komissiyasi tuzilib, kerakli barcha zarur chora-tadbirlar ko‘rilayotgani aytilgandi.
LiveBarchasi