AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalariga dron hujumi uyushtirildi

Olam

image

Iroq va Suriyadagi AQSH askarlari joylashtirilgan uchta harbiy bazaga hujumlar uyushtirildi. Bu haqda manbalarga tayanib, “Al Mayadeen” telekanali xabar berdi.

Ularning so‘zlariga ko‘ra, Iroqning Anbar viloyatida joylashgan Ayn al-Assad bazasiga uchuvchisiz samolyotlar yordamida kamida ikki marta hujum qilingan, AQSH va G‘arb koalitsiyasining Suriyadagi Tanf shahri yaqinida joylashgan harbiy ob’ektiga ham dron yordamida zarba berilgan. Ushbu hujumlar ortida kim turgani haqida ma’lumot berilmagan. 

Bundan tashqari, telekanal manbalariga ko‘ra, “Iroq islomiy qarshilik ko‘rsatish” harakatining qurolli shia bo‘linmalari Iroq Kurdistonining (Iroq shimolidagi avtonom viloyati) Erbil shahri ma’muriy markazi shimolida joylashgan bazani o‘qqa tutgan. Hozircha hujumlarning oqibatlari haqida ma’lumot yo‘q.

Pentagon matbuot kotibi Patrik Rayderning 31 oktyabrdagi bayonotiga ko‘ra, 17 oktyabrdan o‘sha kungacha AQSHning mintaqadagi bazalariga jami 27 ta hujum bo‘lgan: 16 tasi Iroqda, 11 tasi Suriyada. O‘z navbatida, Pentagon rahbari Lloyd Ostin Yaqin Sharqdagi AQSH kuchlariga Eron ko‘magida amalga oshirilgan hujumlarni to‘xtatishni talab qilgan. Ostinga ko‘ra, bu hujumlar oqibatida 21 askar yengil jarohat olgan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 5 noyabr kuni AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Bog‘dodda Iroq Bosh vaziri Muhammad al-Sudaniy bilan uchrashuvdan so‘ng Iroqdagi yoki mintaqaning boshqa mamlakatlaridagi Amerika xodimlariga tahdid solmoqchi bo‘lganlarga bunday qilmaslik haqida aniq signal bergandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Suriya Iroq harbiy baza

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing