AQSHning Yaqin Sharq haqidagi bayonotlari Turkiyani xavotirga solyapti – Erdo‘g‘an
Olam
−
13 noyabr
5473Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Isroilning mintaqadagi harakatlari bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha AQSHning ayrim bayonotlari Turkiyani xavotirga solayotganini va bu borada AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp bilan samarali aloqalarni kutishini aytdi. Bu haqda u bugun, 13 noyabr kuni Saudiya Arabistoni va Ozarbayjonga tashrifi yakunida Prezident pulidagi jurnalistlar bilan suhbatda so‘z ochdi.
“Menimcha, Trampning qayta saylanishi mintaqadagi vaziyatga ta’siri haqida qandaydir xulosa chiqarishga hali erta. Keling, Trampning muvaffaqiyat qozonishini kutamiz. Unga hokimiyat o‘tgandan keyin qanday qadamlar tashlashini ko‘ramiz. Yangi prezidentlik muddati davomida Tramp mintaqa bo‘yicha juda boshqacha qadamlar qo‘yishi kerak, chunki AQSH tomonidan vaqti-vaqti bilan e’lon qilingan bayonotlar bizni xavotirga solmoqda”, dedi Erdo‘g‘an.
Shuningdek, u Tramp bilan saylanganidan bir necha kun o‘tib gaplashganini ham esladi.
“Kelajakda ham xuddi shunday aloqalarga ega bo‘lishga ishonaman. Chunki Tramp bilan uning so‘nggi boshqaruvi davridagi aloqalarimizni Bayden bilan aloqalar bilan solishtirib bo‘lmaydi. Umid qilamanki, yangi davrda biz eng yaxshi qadamlarni qo‘yamiz va bundan Amerika Qo‘shma Shtatlari ham, Turkiya ham foyda ko‘radi”, deb qo‘shimcha qildi Erdo‘g‘an.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Erdo‘g‘an AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp bilan shaxsiy uchrashuvlar o‘tkazishni kutayotganini, chunki aloqalarni rivojlantirish uchun telefon suhbatlari yetarli emasligini aytgandi.
LiveBarchasi