AQSHning yadroviy suvosti kemasi Janubiy Koreyaga yetib bordi
Olam
−
17 dekabr 2023 11021 1 daqiqa
Amerikaning Virginia toifasidagi Missouri atom suv osti kemasi Janubiy Koreyaning Pusan shahriga yetib keldi. Bu haqda Koreya Respublikasi Milliy mudofaa vazirligiga tayanib, “Yonhap” agentligi xabar berdi.
Janubiy Koreya tomoni suvosti kemasining tashrifi tufayli birgalikda mudofaa qobiliyatini mustahkamlash uchun almashinuv va hamkorlikni kuchaytirishni rejalashtirayotganini bildirgan.
Qayd etish joizki, 22 noyabr kuni AQSH harbiy-dengiz kuchlarining Los Angeles toifasidagi Santa Fe atom suv osti kemasi Janubiy Koreyaning Chejudo orolidagi harbiy-dengiz bazasiga yetib borgan.
Shu haftada Koreya Prezidenti ma’muriyatining milliy xavfsizlik departamenti direktori o‘rinbosari Kim Txe Xyo KXDR dekabr oyida qit’alararo ballistik raketani uchirishi mumkinligini aytgan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oy o‘rtalarida Amerika Qo‘shma Shtatlari Janubiy Koreyaga yadroviy qurol olib yurishga qodir B-52 strategik bombardimonchi samolyotini jo‘natgandi.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust