AQSHning sobiq Prezidentlari Baydenning inauguratsiyasida qatnashadimi? 

Olam

image

AQSHning sobiq Prezidenti kichkina Jorj Bush AQSHning saylangan Prezidenti Jo Baydenning joriy yil 20 yanvar kuni o‘tkaziladigan inauguratsiya marosimida qatnashmoqchi. Bu haqda sobiq davlat rahbarining vakili Freddi Ford ma’lum qilgan

Uning so‘zlariga ko‘ra, kichkina Bush Baydenning inauguratsiya marosimida xotini bilan birga qatnashishni niyat qilgan. 

Ta’kidlanishicha, Oq uyning yana bir sobiq rahbari Jimmi Karter rasmiy tadbirda qatnashmoqchi emas.

Biroq, Karter va uning rafiqasi Bayden va vitse-prezident Kamola Xarrisga o‘zlarining eng yaxshi tilaklarini yuborishgan va "ularning ma’muriyati muvaffaqiyatiga umid qilishlarini" bildirishgan.

Qayd etilishicha, hozirda 96 yosh bo‘lgan sobiq Prezident Karter va uning 93 yoshli rafiqasi Rozalin koronavirus pandemiyasi boshlanganidan beri Jorjiyadagi mulklarida qolmoqda.

Eslatib o‘tamiz, AQSHda 2020 yilning noyabr oyida Prezident saylovi bo‘lib o‘tdi. Unda g‘oliblikni Demokratlar partiyasidan nomzod Jo Bayden qo‘lga kiritdi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, u 306 ta saylovchi kollegiyalar ovozini, Tramp esa 232 ta ovoz olgan. G‘olib bo‘lish uchun 270 ovoz yetarli edi.

Keyinchalik Jo Baydenning rasman AQSH Prezidenti etib saylangani xabar qilindi.

Baydenning inauguratsiya marosimi 20 yanvar kuni bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Bugun, 6 yanvar kuni esa AQSH Kongressi mamlakatdagi prezidentlik saylovlaridagi ovoz berish natijalarini tasdiqlashi kerak.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Jorj Bush Bayden

Baholaganlar

85

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing