AQSHning sobiq Prezidenti shifoxonaga yotqizildi

Olam

image

AQSHning sobiq Prezidenti Bill Klinton qonida zaharlanish aniqlangani sababli Kaliforniya shtatida shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda CNN telekanali xabar qildi.

Telekanal ma’lumotiga ko‘ra, dastlab sobiq Prezidentning bovul qilish yo‘llariga infeksiya tushgan, keyin qon aylanish tizimiga o‘tgan. Kasallik erta bosqichda aniqlangani Klintonning joniga oro kirgan. Bu davrda organizm muolajalarga yaxshi javob berishi aytilmoqda.

O‘z navbatida, Klintonning vakili Anxel Urenya ikki kundan buyon shifoxonada yotgan 75 yoshli sobiq amerikalik rahbarning ahvoli yaxshilanayotganini ma’lum qildi.

“Klinton seshanba kuni kechqurun Kaliforniya universiteti tibbiyot markaziga koronavirus bilan bog‘liq bo‘lmagan infeksiyani davolash uchun yotqizildi. U sog‘aymoqda, kayfiyati yaxshi va ajoyib tibbiy g‘amxo‘rlik uchun shifokorlar, hamshiralar va boshqa xodimlardan minnatdor”, degan Urenya.

Ma’lumot uchun, Bill Klinton AQSHning 42-Prezidenti (1993-2001). U Amerikaning eng mashhur yetakchilaridan bo‘lgan. Boshqaruvining so‘nggida uni qo‘llash darajasi 66 foizni tashkil qilgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Bill Klinton

Baholaganlar

214

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing