Putin Rossiyaning NATOga kirishga urinishlari nega rad etilganini aytdi

Olam

image

Dastlab SSSR, keyin esa Rossiya ikki marta NATOga kirish istagini bildirgan. Bu haqda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bugun, 2 oktyabr kuni Sochida bo‘lib o‘tgan “Valday” xalqaro munozara klubining 22 yillik yig‘ilishining yalpi majlisida aytdi.

Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, berilgan har ikki taklif ham rad etilgan.

“Mamlakatimiz ikki marta NATOga kirishga tayyorligini ma’lum qildi. Biz birgalikda ishlashga, xavfsizlik va global barqarorlik sohasida birga qadamlar tashlashga tayyor edik. Ammo g‘arblik mavqedoshlarimiz o‘zlarini geosiyosiy va tarixiy stereotiplar changalidan, dunyoning soddalashtirilgan, sxematik tasviridan xalos bo‘lishni istamasligini isbotladi”, dedi Putin.

Rossiya yetakchisi birinchi urinishlar 1954 yilda, keyin esa 2000 yilda AQSH Prezidenti Bill Klinton tashrifi chog‘ida amalga oshirilganini ta’kidladi. Uning ta’kidlashicha, har ikkala urinish ham rad javob bilan yakunlangan.

Uning aytishicha, o‘sha vaqtda xalqaro munosabatlarni rivojlantirishda boshqacha, ijobiy yo‘nalish uchun real imkoniyat bor edi.

“Ammo, afsuski, boshqacha yondashuv ustun keldi. G‘arb davlatlari mutlaq hokimiyat vasvasasiga bo‘ysundi”, deya ta’kidladi u.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yevropa diplomatlari Kremlni NATO havo hududining keyingi buzilishiga keskin javob berishga, jumladan, Rossiya samolyotlarini urib tushirishga tayyorligi haqida ogohlantirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

NATO Rossiya Putin SSSR Valday Bill Klinton

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing