AQSHning sobiq davlat kotibi Genri Kissinjer 100 yoshida vafot etdi

Olam

image

AQSH sobiq davlat kotibi, tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori Genri Kissinjer 100 yoshida vafot etdi. Bu haqda “The Washington Post” xabar berdi. 

Qayd etilishicha, Genri Kissinger kecha, 29 noyabr kuni Konnektikutdagi uyida vafot etgan.

Kissinjer 1923 yil 27 mayda Germaniyaning Fyurt shahrida dindor yahudiy oilasida tug‘ilgan. 1938 yilda mamlakat yahudiylarga qarshi qonunlar qabul qilganidan uch yil o‘tgach, uning oilasi Germaniyani tark etib, AQSHga qochib ketgan.

U yerda u o‘z ismini Xayns Alfred Kissinjerdan Genri Kissinjerga o‘zgartirgan. 1940 yilda u mahalliy maktabni tugatgach, Nyu-Yorkdagi kollejga o‘qishga kirgan.

1943 yilda Kissinjer Amerika fuqaroligini olgan. Keyingi uch yil davomida u AQSH armiyasida xizmat qilgan. U avval armiyada tarjimon bo‘lib, keyin Germaniyaning Gessen shahrining kontrrazvedka korpusiga o‘tkazilgan. U armiyadagi xizmatlari uchun "Bronza yulduz" medali bilan taqdirlangan.

1947 yilda u Garvard universitetiga o‘qishga kirib, u yerda siyosatshunoslik bo‘yicha bakalavr darajasini, keyin esa doktorlik darajasini olgan. 1954-1969 yillarda ushbu o‘quv yurtida o‘qituvchilik qilgan. Kissinjerning siyosiy faoliyati 1960 yillarning oxirida boshlangan.

Ilgari u Prezidentlar – Duayt Eyzenxauer, Jon Kennedi va Lindon Jonsonning xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi bo‘lib ishlagan va Qurolsizlanish va Qurollarni nazorat qilish agentligida ishlagan.

1969 yilda Kissinjer AQSH milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchi bo‘lgan va 1975 yilgacha bu lavozimda ishlagan. 1973 yil sentyabridan bir vaqtning o‘zida Davlat kotibi bo‘lib ishlagan. U bu lavozimni 1977 yilda tark etgan.

Kissinjer ushbu lavozimlarda xizmat qilayotganda:

  • Xitoy bilan aloqalar o‘rnatish rejasini ishlab chiqdi va 1972 yilda Prezident Richard Niksonning XXRga tashrifini tashkil qildi, undan oldin Kissinjer u yerga yashirin sayohatlar qilgan;
  • SSSR bilan munosabatlarni o‘rnatdi va xuddi shu 1972 yilda Nikson boshchiligidagi Amerika delegatsiyasi tarkibida Sovet Ittifoqi va Qo‘shma Shtatlar o‘rtasida “Strategik hujum qurollarini cheklash to‘g‘risida”gi bitim tuzish uchun Moskvaga keldi (START). Keyinchalik Kissinjer SSSRga bir necha bor tashrif buyurdi.
  • shuningdek, u Falastin-Isroil mojarosini hal qilishda qatnashgan.
  • 1973 yilda u Vetnam urushini tugatish uchun Parij tinchlik shartnomasini imzolagan.

Davlat kotibi lavozimini tark etganidan besh yil o‘tgach, u tahlil va ekspert baholarini tayyorlashga ixtisoslashgan Kissinger Associates Inc xalqaro konsalting firmasiga asos solgan.

1984 yildan 1990 yilgacha u AQSH Prezidenti huzuridagi razvedka bo‘yicha maslahat kengashida ishlagan, 2002 yilda esa 11 sentyabr komissiyasini ikki yarim hafta davomida boshqargan.

U bir nechta kitoblarni nashr etgan, jumladan, "Genri Kissinjerdan saboqlar" (2016) – unda Rossiyaning kelajagi, Xitoyning yuksalishi va Yaqin Sharqdagi voqealar haqidagi qarashlari aks ettirilgan.

Kissinjerning mukofotlari orasida Prezidentning Ozodlik medali (jamoat hayotiga qo‘shgan ulkan hissasi uchun AQSH Prezidenti tomonidan beriladi) va Myunxen xavfsizlik konferensiyasi Evald fon Kleyst mukofoti (tinchlik va mojarolarni hal etishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun beriladi) kiradi.


Maqola muallifi

Teglar

Genri Kissinjer davlat kotibi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing