Jahon tartibining me’mori. Genri Kissinjerning hayoti fotosuratlarda
Bu qiziq
−
30 noyabr 2023
4541Yoshligida Germaniyadan qochgan va Amerika tarixidagi eng nufuzli va ziddiyatli tashqi siyosat arboblaridan biriga aylangan AQSHning sobiq davlat kotibi Genri Kissinjer kecha, 29 noyabr kuni Konnektikutdagi uyida 100 yoshida vafot etdi. CNN maqolasida mashhur diplomat qanday yashagani esga olindi.
Qayd etish joizki, Kissinjer 1970 yillarda AQSH tashqi siyosatining sinonimi edi.
U AQSHning Vetnam urushidagi harbiy ishtirokini to‘xtatishga yordam bergani uchun Tinchlik uchun Nobel mukofotini olgan va AQSH Prezidenti Richard Niksonga Xitoyni Qo‘shma Shtatlar va G‘arbga ochishda yordam bergan maxfiy diplomatiyasi bilan mashhur edi.
Ammo u Vetnam urushi paytida Kambodjani bombardimon qilgani, bu genotsid qizil kxmerlar (Kambodjadagi agrar kommunistik harakatining norasmiy nomi) rejimining kuchayishiga olib kelgani va Chilida demokratik hukumatga qarshi to‘ntarishni qo‘llab-quvvatlagani uchun ham ko‘pchilik tomonidan tanqid qilingan.
Shuningdek, u, Yaqin Sharqda 1973 yilgi Isroil va arab kuchlari o‘rtasidagi urushda ushbu davlatlarni ajratish uchun "vositachilik diplomatiyasi"dan foydalangan.
LiveBarchasi