Ukrainadagi urushda faqat Putin aybdor emas – Genri Kissinjer

Olam

image

Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishini oqlab bo‘lmasada, urush NATO a’zolari o‘rtasida Ukrainani alyansga qabul qilish imkoniyati haqidagi birinchi munozaradan keyingi voqealardan boshlandi. Bu haqda AQSH sobiq davlat kotibi Genri Kissinjer “Die Zeit” nashriga bergan intervyusida aytib o‘tgan.

“Barcha ayb Putinda deb o‘ylamayman, urushning o‘zi juda shafqatsiz, hujum qaytarilishi kerak, men Ukraina va G‘arb qarshiliklarini qo‘llab-quvvatlayman. Ammo 2014 yilda yozgan esseyimda men Ukrainani NATOga taklif qilish rejasiga jiddiy shubha bildirgandim. Bu urush bilan yakunlangan bir qator voqealarga sababchi bo‘ldi. Ushbu holat bosqinni oqlamaydi, lekin men sobiq Sharqiy blokdagi barcha davlatlarning NATOga kirishi, Ukrainaga ham NATOga qo‘shilish taklifini birlashtirish mantiqsiz bo‘lishiga ishonardim va hozir ham ishonaman”, deydi Kissinjer.

Shuningdek, u o‘shanda Ukraina uchun neytral maqom qoldirishni, mamlakatni ikki tomon o‘rtasidagi ko‘prikka aylantirishni taklif qilganini eslatib o‘tgan.

Sobiq davlat kotibining ishonch bildirishicha, endi Ukraina urush tugaganidan keyin Shimoliy Atlantika ittifoqiga qabul qilinishi kerak.

“Endi NATO va Rossiya o‘rtasida neytral zonalar yo‘qligi sababli, G‘arb Ukrainani NATOga qabul qilgani ma’qul. Bu urush tugaganidan keyin yoki tinchlik kelishuvi natijasida yana paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan mojarolarni Rossiya yoki Ukrainaning bir tomonlama hujumlari bilan hal qilib bo‘lmasligini ta’minlaydi”, deb tushuntirgan Kissinjer.

Ma’lumot uchun, Genri Kissinjer amerikalik davlat arbobi, diplomat va xalqaro munosabatlar bo‘yicha mutaxassis hisoblanadi. Uning “World Order” (Jahon tartibi) va “Diplomacy” (Diplomatiya) nomli kitoblari dunyoda mashhur.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina Genri Kissinjer

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing