Pompeo Tramp bilan yana hamkorlik qilmoqchi

Olam

image

AQSHning sobiq davlat kotibi Mayk Pompeo sobiq prezident Donald Tramp 2024 yil noyabrida bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonsa, uning ma’muriyatida ishlashi mumkin. Bu haqda u 8 mart kuni “Fox News“ telekanaliga bildirgan.

Pompeo bilan suhbat chog‘ida jurnalist undan Tramp noyabrdagi saylovlarda g‘alaba qozonsa, uning jamoasida bo‘lishi yoki yo‘qligini so‘ragan. Pompeo esa quyidagicha javob bergan:

“Agar menga xizmat qilish imkoniyati berilsa va mening o‘zgarish qila olishimga ishonilsa, men bunga ”ha“ deb javob beraman”, degan sobiq davlat kotibi.

Ma’lumot uchun, Pompeo 2018 yildan 2021 yil yanvargacha Tramp ma’muriyatida AQSH Davlat departamenti rahbari lavozimida ishlagan. Bayden hukumat tepasiga kelganidan so‘ng, uning o‘rnini Entoni Blinken egalladi.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp Mayk Pompeo davlat kotibi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing