AQSHning NATOdan chiqishi ittifoqning tugashini anglatadi – Bolton
Olam
−
14 fevral
8162Donald Trampning milliy xavfsizlik bo‘yicha sobiq maslahatchisi Jon Bolton "Politico" jurnaliga bergan intervyusida Qo‘shma Shtatlar NATO a’zoligidan chiqsa, tashkilot o‘z faoliyatini to‘xtatadi va bu Vashingtonning obro‘sini tushirishini aytib o‘tdi. Bu haqda "Novosti" nashri xabar bermoqda.
“Bu NATOning tugashini anglatadi. Bizning NATOdan chiqishimiz Yevropa va Shimoliy Amerikadan boshqa davlatlarda ham salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bu AQSHning dunyo miqyosidagi obro‘sini keskin tushirib yuboradi”, deydi Bolton.
Politico suhbatdoshi AQSH tarixidagi bir nechta epizodlarda ishtirok etgani haqida to‘xtaldi. Jumladan, Jorj Bush ballistik raketaga qarshi shartnomadan, Tramp Rossiya bilan tuzilgan O‘rta va uzoq masofali yadroviy kuchlar to‘g‘risidagi shartnomadan hamda “Ochiq osmon” shartnomasidan chiqdi. Bayden rahbarligida esa NATO bilan shartnomani bekor qilish arafasida turibdi.
Boltonning so‘zlariga ko‘ra, AQSHning NATO tarkibidan chiqishi bo‘yicha ehtimoliy qaror Amerika sudiga shikoyat qilingan taqdirda ham, jarayon kamida ikki-uch yil davom etadi va alyans jiddiy zarar ko‘radi.
Sarvar Xurramov
LiveBarchasi