AQSHning NATOdagi elchisi Ukrainaning umidlarini puchga chiqaradigan bayonot berdi
Olam
−
16 iyun 2022
24621G‘arb davlatlari Ukraina hukumatini qurol-yarog‘ bilan ta’minlashda qiynalmoqda, chunki Kiyevdan so‘rovlar deyarli har kuni kelib tushadi va tez-tez o‘zgarib turadi, ba’zi davlatlar zaxiralarini tugatishga yaqin turibdi. Buni kecha, 15 iyun kuni AQSHning NATOdagi elchisi Juliann Smit Vashingtondagi yangi Amerika xavfsizligi bo‘yicha konferensiyada so‘zlagan nutqida tan oldi.
Vashington ittifoqchilari Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni davom ettirish uchun yetarlicha qurol-yarog‘ zaxirasiga egami, degan savolga javob berar ekan, “Bu ko‘plab tarkibiy qismlardan iborat doimiy rivojlanib boruvchi jarayon”, deydi u.
“Avvalo, biz deyarli har kuni Kiyevdan kelayotgan doimiy o‘zgaruvchan so‘rovlar ro‘yxatini hal qilishimiz kerak. Bizga ko‘plab so‘rovlar tushmoqda va ittifoqchilarimiz bilan birgalikda ulardan qaysi biriga javob bera olishimiz, kim nima berishga tayyorligini aniqlashga harakat qilyapmiz. Bu qiyin, chunki so‘rovlar tez o‘zgaradi”, deb davom etdi Smit.
Uning qayd etishicha, avvaliga Kiyev havo hujumidan mudofaa tizimlari bo‘yicha so‘rov yo‘llagan. Keyinroq esa o‘q-dorilar, artilleriya yetishmasligidan noliy boshlagan.
“Keyin ma’lum sabablarga ko‘ra biz ko‘p jihatdan qirg‘oqni himoya qilish vositalariga e’tiborimizni qaratgan davr keldi. Endi biz zirhli mashinalar masalasini ko‘rib chiqyapmiz”, deydi AQSHning NATOdagi doimiy vakili.
Bir qancha mamlakatlar zaxiralar tugab borayotgani sababli “asta-sekin xavotir bildira boshlagan”. Davlatlar so‘nggi oylarda katta hajmdagi uskunalar taqdim etganliklarini bilishadi va Ukrainaga yana nima berishlari mumkinligini qayta ko‘rib chiqishmoqda. Uning urg‘ulashicha, ba’zi davlatlar moliyaviy yordam berishga o‘tishga qaror qilgan.
Eslatib o‘tamiz, kuni kecha Ukraina Prezident Vladimir Zelenskiy navbatdagi bayonot bilan chiqib, Ukraina eng ko‘p zamonaviy havo mudofaa tizimlariga muhtojligini aytgandi.
“Biz hamkorlarimizga yana va yana takrorlaymizki, Ukraina zamonaviy raketaga qarshi qurollarga muhtoj. Bizning davlatimiz hali bunga yetarlicha ega emas, lekin aynan bizning davlatimiz va hozir Yevropada bunday qurollarga eng katta ehtiyoj bor”, degan edi Zelenskiy.
Shuningdek, 15 iyun kuni AQSH Prezidenti Jo Bayden Ukraina rahbari Zelenskiy bilan telefon orqalit muloqot qilib, Amerika Qo‘shma Shtatlari Ukrainaga qiymati 1 milliard dollarlik yangi harbiy yordam paketini yuborishini ma’lum qildi. Bu qo‘shimcha artilleriya qismlari va qirg‘oqni himoya qilish vositalari, shuningdek, ukrainaliklarning Donbassdagi mudofaa operatsiyalarida zarur bo‘lgan artilleriya hamda ilg‘or raketa tizimlari uchun o‘q-dorilarni o‘z ichiga oladi.
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15