AQSHning Xitoyga sarmoyasi “Buyuk retsessiya”dan keyingi minimumga tushib ketdi

Olam

image

2019 yil AQSHning Xitoyga to‘g‘ridan-to‘g‘ri sarmoyasi 400 million dollarga, 2018 yildagi 5,4 milliard dollardan 5 milliard dollarga tushib ketdi. Bu haqda AQSH-Xitoy munosabatlari bo‘yicha milliy qo‘mitaning va Rhodium Group konsalting kompaniyasining qo‘shma hisobotiga asoslanib, “Associated Press” xabar bermoqda.

Hujjatda qayd etilishicha, 5 milliard dollar - 2009 yildagi “Buyuk retsessiya”dan keyingi eng past darajadagi sarmoya qiymatidir. Bu dunyodagi ikki yirik iqtisodiyot o‘rtasidagi tanglikni va Xitoy hukumati tomonidan chet el investitsiyalariga qo‘yilgan cheklovlarni aks ettiradi.

O‘tgan yili Amerikaning Xitoyga kiritgan sarmoyasi 14 milliard dollarga yetgan edi. Ushbu ko‘rsatkich 2018 yilda 13 milliard dollarni tashkil qilgandi. Biroq ushbu o‘sish, asosan, ilgari e’lon qilingan loyihalar, masalan, Shanxaydagi Tesla zavodini ochish kabi loyihalarga ham asoslangan.

Nashrning yozishicha, o‘tgan yili AQSH va Xitoy o‘rtasidagi ikki tomonlama sarmoyalar yetti yillik eng past darajani qayd etgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Xitoy

Baholaganlar

24

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing