AQSHning qachon Rossiyaga qarshi sanksiyalar qo‘llashi ma’lum bo‘ldi
Olam
−
17 mart 2021
4406Amerika Hukumati kelgusi haftada AQSHning 2020 yilgi saylov kampaniyasiga aralashgani uchun Rossiyaga nisbatan cheklov choralarini ko‘rishi mumkin. Bu haqda CNN xabar bergan.
Telekanal efirida jurnalist o‘z manbalariga iqtibos keltirgan holda, Eronga qarshi ham sanksiyalar qo‘llanilishini ta’kidlagan.
"Bayden ma’muriyati ushbu masala bo‘yicha javob beradi", degan jurnalist.
Bir kun oldin Oq uy Rossiyaga qarshi sanksiyalar to‘g‘risida hali qaror qabul qilmaganini aytgandi.
Ta’kidlanishicha, Rossiya go‘yoki AQSHdagi prezidentlik saylovlari paytida Jo Baydenning nomzodini obro‘sizlantirishga uringan.
Rossiya Hukumati esa Amerika saylovlariga aralashganini bir necha bor rad etgan.
LiveBarchasi