AQSHning Isroildagi elchixonasi vaqtincha yopildi
Olam
−
18 iyun 2121 2 daqiqa
AQSHning Isroildagi elchixonasi va uning mamlakatdagi barcha filiallari 20 iyun kunigacha yopiladi. Bu haqda diplomatik missiyaning rasmiy saytida chop etilgan bayonotda ma’lum qilindi.
Unda qayd etilishicha, elchixonaning barcha xodimlari va ularning oila a’zolari hozircha Isroilda qoladi va ularga har doim boshpana yaqinida qolish buyurilgan.
Elchixonaning tushuntirishicha, bu qaror “hozirgi xavfsizlik holati va Isroil va Eron o‘rtasidagi davom etayotgan mojaroni hisobga olgan holda” qabul qilingan.
Bundan tashqari, Isroil armiyasining orqa qo‘mondonligining ko‘rsatmalari inobatga olingan. Diplomatlar yana bir bor Amerika fuqarolariga 13 iyundan beri fuqaro aviatsiyasi uchun yopiq bo‘lgan Isroilni tark etishga yordam bera olmasligini ta’kidladi.
Umumiy ma’lumot uchun, elchixona eslatishicha, Ben Gurion xalqaro aeroporti va Isroilning barcha dengiz portlari yopiqligicha qolmoqda, mamlakatdan hozirda Misr yoki Iordaniya orqali quruqlik orqali chiqish mumkin, chegara o‘tish joylari odatdagidek ishlamoqda.
13 iyunga o‘tar kechasi Isroil Eron yadroviy dasturiga qarshi qaratilgan “Ko‘tarilayotgan sher” operatsiyasini boshladi. Shu bilan birga, Isroil havo hududi keyingi ogohlantirishgacha butunlay yopildi.
Oradan bir kun o‘tmasdan Eron javob hujumini amalga oshirdi. Keyingi kunlarda Isroil va Eron zarbalarini almashishda davom etdi. Ikkala tomon ham ushbu hujumlar oqibatida qurbonlar va jabrlanganlar haqida ma’lum qildi, o‘z hududlaridagi ba’zi nishonlarga zarba berilganini tan oldi, ammo zarar cheklanganini bildirdi.
Live
Barchasi