AQSHning Iroqdagi bazasiga raketa zarbalari berildi

Olam

image

AQSHning Iroqdagi Kemp Tadj harbiy bazasiga Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanib kelayotgan shia askarlari tomonidan raketa zarbalari yo‘llandi. Oqibatda amerikalik uch nafar  - ikki amerikalik va bir britaniyalik harbiy halok bo‘ldi. 12 kishi turli darajada yaralangan. Bu haqda harbiy manbaga asoslanib, “Fox News” telekanali xabar bermoqda.

AQSH harbiy-havo kuchlari, o‘z navbatida raketa otilgan nishonlarga qator raketa zarbalari yo‘llagan. Bu ma’lumotni AQSH kolitsiyasi tasdiqlagan.

"Amerika Qo‘shma Shtatlari Eron bilan keskin vaziyatni yanada kuchaytirish niyatida emas. Biz faqat ogohlantiruvchi signal yubordik", deya manbaning so‘zlaridan iqtibos keltirgan telekanal.

Ta’kidlanishicha, AQSH harbiy-havo kuchlarining asosiy nishoni qurol va o‘q-dorilar saqlanadigan omborlar bo‘lgan. Pentagonda jurnalistlarga ma’lum qilinishicha, Qo‘shma Shtatlarning ushbu zarbasi mutanosib xarakterga ega hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Iroq

Baholaganlar

282

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing