AQSHning Birinchi xonimi koronavirusga chalindi

Olam

image

Bugun, 16 avgust Amerika Qo‘shma Shtatlarining Birinchi xonimi Jill Baydenning koronavirus uchun topshirgan testi ijobiy chiqdi. Bu haqda Birinchi xonim Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, bugun AQSH Prezidentining rafiqasi koronavirus uchun test topshirgan va salbiy natijaga ega bo‘lgan. Biroq kechqurun unda shamollash alomatlari sezilgan. 

“Antitanalar borligini aniqlash uchun topshirilgan takroriy ekspress-test natijasi salbiy, biroq PZR-testi natijasi ijobiy chiqdi”, deyiladi xabarda. 

Ta’kidlanishicha, Jill Bayden hozir COVID-19’ning yengil alomatlarini boshdan kechirmoqda. Avvalroq, u ikki marta to‘liq emlangan. 

Qo‘shma Shtatlarning Birinchi xonimi keyingi besh kun davomida izolyatsiyada bo‘ladi. Davolashning bir qismi sifatida unga Paxlovid kursi ham buyurilgan. 

“U hozirda Janubiy Karolinadagi shaxsiy qarorgohida va COVID-19 uchun topshirilgan ikkita salbiy testdan so‘ng Oq uyga qaytadi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 21 iyul kuni tongda 80 yoshga yaqinlashgan Jo Baydenda koronavirus aniqlangandi. Shundan so‘ng u besh kun davomida Paxlovid’ni qabul qildi. Natijada Baydendagi COVID-19 alomatlari butunlay yo‘qoldi. 26 iyul kuni kechqurun va 27 iyul kuni tongda COVID-19’ga topshirgan testi natijasi salbiy chiqdi. Biroq 4 avgust kuni unda yana koronavirus aniqlandi. Hozir Bayden sog‘-salomat.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh koronavirus Jill Bayden

Baholaganlar

58

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing