AQSHning Afg‘onistondagi aviabazasiga raketa hujumi uyushtirildi
Olam
−
19 dekabr 2020
8194AQSHning Afg‘onistondagi yirik aviabazasi – Bagram aerodromiga bugun, 19 dekabr kuni erta tongda to‘rtta raketa kelib urilgan, ammo hozircha rasmiylar hodisa oqiatida yuzaga kelgan talofatlar haqida batafsil ma’lumot bermagan.
Raketalar markaziy Parvan viloyati Bagram tumanidagi Qalandarxil qishlog‘idan otilgan.
“Parvan viloyatining Qalandarxil hududidan raketalar Bagram aerodromiga qarata otilgan”, deydi Parvan gubernatorining matbuot kotibi Vohida Shahkar.
Bagram tumani hokimi Abdul Shakur Qudosining aytishicha, hodisa bugun, 19 dekabr kuni ertalab soat 6:30 lar atrofida sodir bo‘lgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 10 ta BM-12 raketasi Qalandarxil hududidagi kichik yuk mashinasiga joylashtirilgan. Hokimning qo‘shimcha qilishicha, raketalarning to‘rttasi otilgan, yana oltitasi politsiya tomonidan to‘xtatilgan.
Xabarga ko‘ra, rasmiylarda raketa hujumi oqibatida bazaga yetkazilgan zarar haqida batafsil ma’lumot yo‘q.
LiveBarchasi