AQSHning 78 yoshli bo‘lg‘usi Prezidenti koronavirusga qarshi emlandi

Olam

image

AQSHning saylangan Prezidenti 78 yoshli Jozef Bayden kecha, 21 dekabr kuni koronavirusga qarshi vaksina bilan emlandi. Vaksinatsiya jarayoni jonli efirda namoyish etildi.

Bo‘lg‘usi Prezident Delaver shtatining Nyuark shahridagi shifoxonada Pfizer va BioNTech kompaniyalarining vaksinasi bilan emlandi.

“Afsus, butun klinikani aylanib, sizlar naqadar band va ajoyib ekaninglarni ko‘rish uchun meni vaqtim yetarli emas. Sizlarga qarzdorman”, degan Bayden.

U amaldagi Prezident Donald Tramp va uning ma’muriyati tomonidan koronavirusga qarshi kurash uchun ishlab chiqilgan dasturni ham maqtab o‘tgan.

Jo Baydenning rafiqasi Jill ham shu kuni emlandi. “U ukolni yaxshi ko‘radi, bilaman”, deya hazillashdi Bayden.

“Amerika halqi, havotirga o‘rin yo‘qligini biling. Vaksinani olishni imkoni bo‘lsa, albatta emlaning”, - deya qo‘shimcha qildi u

Eslatib o‘tamiz, AQSHda joriy yilning 14 dekabr kuni koronavirusga qarshi ommaviy emlash boshlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Jo Bayden Koronavirus vaktsinasi

Baholaganlar

43

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing