AQSHning 4 shtati parlamenti oldiga qurollangan fuqarolar to‘plandi

Olam

image

AQSHning Ogayo, Texas, Oregon va Michigan shtatlaridagi Kapitoliy binolari oldida qurollangan namoyishchilar to‘plandi. Bu haqda "The New York Times" ma’lumot bergan. 

Michigandagi ma’lumotlarga ko‘ra, kelganlarning ba’zilari qurollangan bo‘lishiga qaramay, shaharda vaziyat tinch. Bundan tashqari, parlament yonidagi maysazorda ko‘plab jurnalistlar bor. 

Shuningdek, milliy gvardiya zobitlari navbatchilik qilmoqda, vertolyotlar ham shahar osmonini qo‘riqlamoqda. 

Ta’kidlanishicha, joriy yilning 16 yanvar kuni Vashingtonda politsiya AQSH Kongressi binosi hududiga kirmoqchi bo‘lgan qurollangan kishini hibsga olgan. 

Hibsga olingan Uesli Alan Biler ismli shaxs Virjiniya fuqarosi bo‘lgan. U mashinada Kapitoliy binosi oldidagi nazorat punktiga borgan, ammo uning hududga o‘tishi mumkin bo‘lmagan. Politsiya undagi to‘pponcha, 500 dan ortiq o‘q-dorilar va ov miltig‘ini musodara qilgan.

Natijada, erkak ro‘yxatdan o‘tmagan o‘qotar qurol, o‘q-dorilar va boshqa huquqbuzarliklari uchun hibsga olingan. 

Qayd etilishicha, AQSHning saylangan Prezidenti Jo Baydenning inauguratsiyasi arafasida Vashingtonda favqulodda rejim joriy etilgan. 

Milliy gvardiya matbuot xizmatida xabar qilinganidek, Baydenning inauguratsiya kuniga qadar rasmiylar 25 mingga yaqin milliy gvardiya harbiy xizmatchilarini Vashingtonga tartibni saqlash uchun topshirmoqchi.

Avvalroq, AQSH senatorlari Baydenning inauguratsiyasi kuni amaldagi Prezident Donald Tramp tarafdorlari Vashingtondagi Kapitoliy binosiga bostirib kirish niyatida ekani haqida ogohlantirgan edi.

Eslatib o‘tamiz, 6 yanvar kuni AQSHning amaldagi Prezidenti Donald Trampning tarafdorlari AQSH Kongressi binosiga bostirib kirib, parlament so‘nggi saylovlar natijalarini tasdiqlashi kerak bo‘lgan majlisni to‘xtatgan. Hodisa natijasida besh kishi halok bo‘lgan. 

Vashingtondagi tartibsizliklar ortidan Vakillar Palatasi Sud-huquq qo‘mitasi rahbari Jerri Nadler Trampga soddalashtirilgan tartibda impichment e’lon qilishni taklif qilgan.

AQSH Senati saylangan Prezident Jo Baydenning 20 yanvar kuni o‘tkaziladigan inauguratsiyasidan bir soat o‘tgach, Trampga qarshi impichment ayblovlarini ko‘rib chiqishni boshlashi mumkin. 


Maqola muallifi

Teglar

AQSh tartibsizliklar

Baholaganlar

72

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing