AQSHga unchalik qaram emasmiz – Zelenskiy Ukraina va Afg‘onistonni solishtirmaslikka chaqirdi

Olam

image

Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiy AQSH Ukrainadagi “ishtirokini kuchaytirishi” kerakligini aytdi. Bu haqda u CNN telekanaliga bergan intervyusida gapirgan. 

Bundan tashqari, Zelenskiy Vashingtondan olingan yordam miqdori bo‘yicha Afg‘oniston poytaxti Qobul bilan Kiyevni solishtirmaslikka chaqirgan. 

“Menimcha, biz Ukraina va Afg‘onistonni solishtira olmaymiz. Biz AQSHga unchalik qaram emasmiz”, degan davlat rahbari va uning mamlakati bir necha kun ichida qo‘lga olinmasligini qo‘shimcha qilgan. 

Ukraina Prezidentiga ko‘ra, Amerika Prezidenti Jo Bayden Vashingtondagi uchrashuvda Kiyevning Shimoliy Atlantika alyansiga a’zo bo‘lish istagini qo‘llab-quvvatlagan. Shu bilan birga, Bayden “bu qaror butunlay AQSHga bog‘liq emasligini” tushuntirgan. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 1 sentyabr kuni Zelenskiy Jo Bayden bilan Oq uyda muzokara o‘tkazgandi.   

AQSH Kiyevga qo‘shimcha 60 million dollarlik xavfsizlik yordami, shu jumladan harbiy raketalar, Javelin tankga qarshi tizimlari va mudofaa tizimlari, shuningdek Ukraina sharqidagi Rossiya bilan ziddiyatdan zarar ko‘rgan odamlarni qo‘llab-quvvatlash uchun 45 million dollarlik gumanitar yordam taqdim etishi aytilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Ukraina

Baholaganlar

187

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing