AQSHga dushmanlik Rossiya, Eron va Xitoyni birlashtiryapti – “Politico”

Olam

image

Vashington ma’muriyatining so‘nggi bir yil ichida qilgan harakatlari Rossiya, Eron va Xitoyni yaqinroq hamkorlik qilishga undadi. Bu haqda kecha, 19 mart kuni “Politico” gazetasida chop etilgan maqolada gap boradi.

“So‘nggi bir yil ichida Qo‘shma Shtatlar Rossiyaga qarshi keng qamrovli sanksiyalar kiritdi va shu bilan birga Xitoyga qarshi o‘ta jangovar pozitsiyani egalladi. Bu yondashuv qat’iy eksport nazoratidan tortib, Tayvanni ochiq qo‘llab-quvvatlash va TikTok’ni taqiqlash imkoniyatigacha bo‘lgan siyosatlarda ifodalanadi. Shu bilan birga, AQSH Prezidenti Jo Bayden ma’muriyati, Eronga nisbatan status-kvoni saqlab qolishni o‘z ichiga olgan siyosatni davom ettirdi. Eron yadroviy kelishuvini tiklashga urinishlar muvaffaqiyatsizlikka uchradi”, deyiladi maqolada.

Shu nuqtai nazardan, har uchala davlat ham turli darajada AQSH joriy etgan sanksiya rejimlari ta’sirida qolgan va o‘zaro yanada yaqinroq hamkorlik qila boshlagan. Xususan, Eron Xitoy va Rossiya boshchiligidagi xavfsizlik masalalari forumi hisoblangan Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo bo‘lishning so‘nggi bosqichida. Shuningdek, Xitoy Eron va Saudiya Arabistoni o‘rtasida kelishuvga erishishga yordam bergan.

Manbaga ko‘ra, XXR raisi Si Szinpinning bugun, 20 mart kuni boshlanadigan Moskvaga tashrifi Rossiya va Xitoy hamkorligi qanchalik mustahkamlanib borayotgani haqida mesej beradi. Moskva, Pekin va Tehron o‘tgan yildan muhim saboq chiqargan. Ular o‘rtasida dagi har qanday o‘zaro muammolar, har birining Qo‘shma Shtatlar bilan keskinligi oldida hech narsa emas. 

Ta’kidlanishicha, AQSHda mazkur davlatlarga qarshi turishning ikkita varianti bor. Ulardan birinchisi, yaqin kelajakda ushbu davlatlar guruhiga qarshi qaratilgan siyosatni davom ettirishdir. Bu holatda, Vashington uchun ularga qarshi turadigan koalitsiya yig‘ish qiyin bo‘ladi. Masalan, Hindiston Xitoyga qarshi borishi mumkin, ammo tarixiy aloqalar tufayli Rossiyaga qarshilik ko‘rsatishi qiyin bo‘ladi. Ikkinchi yo‘l esa AQSHning bu davlatlar o‘rtasidagi qarama-qarshiliklardan foydalanib, ularni bo‘lib tashlashga urinishidir.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 15-19 mart kunlari Xitoy, Eron va Rossiya Ummon ko‘rfazida qo‘shma harbiy-dengiz mashqlarini o‘tkazgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Rossiya Eron Xitoy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing