Kurs UZS

USD

12 925.20

-11.96

EUR

13 982.48

45.28

RUB

152.58

-1.97

AQSHdan deportatsiya qilingan o‘zbekistonliklar Toshkentga qaytdi

Jamiyat

image

AQSHdan Kosta Rikaga deportatsiya qilinishi rejalashtirilgan O‘zbekiston fuqarolari Toshkentga qaytarildi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Ahror Burhonov ma’lum qildi.

Uning bildirishicha, AQSH tomoni bilan olib borilgan muzokaralar natijasida Kosta Rikaga yuborilishi rejalashtirilgan, lekin O‘zbekistonga qaytish niyatida bo‘lgan 7 nafar o‘zbekistonlik kecha, 24 fevral kuni Nyu-York–Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekistonga yetib kelgan.

Ma’lumot uchun, 20 yanvar kuni AQSH Prezdenti Donald Tramp inauguratsiya nutqida Amerika hududiga noqonuniy kirishni to‘xtatishga va millionlab muhojirlarni ekstraditsiya qilishga va’da bergan. Shuningdek, janubiy chegaradagi vaziyat tufayli umummilliy favqulodda holat joriy qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Amerika Qo‘shma Shtatlari mamlakatda ruxsatsiz bo‘lib turgan o‘zbekistonlik muhojirlarni Panamaga deportatsiya qilayotgani haqda ma’lum qilingandi. Buning ortidan O‘zbekiston elchixonasi AQSH hukumatiga Panamaga deportatsiya qilinganlar bo‘yicha so‘rov kiritdi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh migrant O'zbekiston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing