AQSHdagi to‘polon paytida 50 dan ortiq politsiyachi jarohat oldi

Olam

image

Joriy yilning 6 yanvar kuni Kapitoliydagi tartibsizliklar paytida AQSH huquq-tartibot idoralarining 50 dan ortiq xodimi jarohat oldi, ulardan bir nechtasi og‘ir jarohatlar bilan kasalxonaga yotqizildi. Bu haqda Kapitoliy politsiyasi boshlig‘i Stiven Sand tomonidan e’lon qilingan bayonotda so‘z boradi.

”Kapitoliy va Vashington politsiyasining 50 dan ortiq xodimi jarohat oldi. Kapitoliy politsiyasining bir necha xodimi og‘ir jarohatlar bilan kasalxonaga yotqizildi”, deyiladi xabarda.

Tartibsizliklar ortidan Kapitoliy politsiyasi 6 yanvar kuni jami 14 kishini hibsga olgan va javobgarlikka tortilishi mumkin bo‘lgan boshqa shaxslarni aniqlash uchun videokameralar va boshqa manbalarni tekshirishni davom ettirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 6 yanvar kuni AQSHning amaldagi Prezidenti Donald Trampning tarafdorlari mamlakat poytaxti Vashingtondagi Kapitoliy oldida namoyish qilib, Kongress binosiga bostirib kirgan edi. Oqibatda 4 kishi halok bo‘ldi, 68 nafar namoyishchi hibsga olindi.

Vaziyat jiddiy tus olganidan so‘ng, Tramp o‘z tarafdorlarini qonunni buzmaslikka, tinchlikni saqlashga chaqirdi. Ayni vaqtda Kongress atrofidagi vaziyat ancha tinchigan va politsiya hududni temir panjara bilan o‘rab olgan. Donald Trampning deyarli barcha tarafdorlari tarqalib ketgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQShdagi to'polon

Baholaganlar

53

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing