AQSHdagi tartibsizliklar paytida 68 kishi hibsga olindi

Olam

image

AQSH poytaxti Vashingtondagi tartibsizliklar tufayli huquq-tartibot idoralari xodimlari 68 kishini hibsga oldi. Bu haqda bugun, 7 yanvar kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida poytaxt politsiyasi boshlig‘i Robert Konti ma’lum qildi.

Konti 68 kishi hibsga olinganini aytdi. Ular orasida 60 erkak va 8 ayol bor. Bu hibslar 6 yanvar oqshomidan 7 yanvar tongigacha amalga oshirilgan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 6 yanvar kuni AQSHning amaldagi Prezidenti Donald Trampning tarafdorlari mamlakat poytaxti Vashingtondagi Kapitoliy oldida namoyish qilib, Kongress binosiga bostirib kirgan edi. Oqibatda 4 kishi halok bo‘ldi, 50 dan ortiq namoyishchi hibsga olindi.

Vaziyat jiddiy tus olganidan so‘ng, Tramp o‘z tarafdorlarini qonunni buzmaslikka, tinchlikni saqlashga chaqirdi. Ayni vaqtda Kongress atrofidagi vaziyat ancha tinchigan va politsiya hududni temir panjara bilan o‘rab olgan. Donald Trampning deyarli barcha tarafdorlari tarqalib ketgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQShdagi to'polon

Baholaganlar

76

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing