AQSHdagi shifoxonada qamoqxona zobitlari mahbusni qiynab o‘ldirdi (video)

Olam

image

AQSHning Nyu-York qamoqxonasiga qarashli shifoxonada soqchilar mahbusni kaltaklab o‘ldirdi. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi.

Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, voqea 9 dekabr kuni sodir bo‘lgan. 13 nafar qo‘riqchi va tibbiyot xodimi mahbusning yuzi va qorin qismiga zarba bergan. Ertasi kuni shifokorlar uning o‘limini e’lon qilgan. O‘limning dastlabki sababi “bo‘yinning siqilishidan kelib chiqqan asfiksiya” deya baholanmoqda.

Hozirda davlat prokuraturasi tergov olib bormoqda. 43 yoshli Bruks ismli mahbus 2017 yildan beri birinchi darajali hujum uchun 12 yillik qamoq jazosini o‘tayotgan edi.

Video Nyu-York shtati Bosh prokurori Letitsiya Jeyms tomonidan e’lon qilingan. Ichki tekshiruvdan so‘ng Nyu-York gubernatori Keti Xokul hujumda ishtirok etgan 13 zobit va qamoqxona hamshirasini ishdan bo‘shatishni buyurgan. Bruks tekshiruv stolida kishanlangan holda o‘tirgan paytda xodimlar uning yuzi va boshiga qayta-qayta urganini ko‘rish mumkin. Videolarda, shuningdek, qamoqxona xodimi Bruksni urishdan oldin uning og‘ziga nimadir solgani, shuningdek, boshqa bir ofitser uning qorniga tufli bilan urgani ham ko‘rinadi. Xodimlarning uni qamoqxonaning tibbiy muassasasiga olib borishiga dastlab nima turtki bo‘lgani noma’lum.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yilning 11 aprel kuni AQSHning Minnesota shtatidagi Bruklin-Senter shahrida politsiyachi afroamerikalikni otib o‘ldirilgandi. Shundan so‘ng shaharda norozilik namoyishlari boshlangandi. 20 yoshli Daunt Rayt mashinasida yo‘l harakati qoidalarini buzgan. So‘ng huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari uning avtomobilini to‘xtatib qo‘ygan.


Maqola muallifi

Teglar

mahbus N'yu-York qamoqxonasi soqchilar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing