AQSHdagi saylovlarda 21 milliondan ortiq amerikalik ovoz berib bo‘ldi

Olam

image

Joriy yilning 3 noyabrida o‘tkazilishi belgilangan AQSH umumiy saylovlarida 21 milliondan ortiq amerikalik oldindan ovoz berib bo‘ldi. Tegishli hisob-kitob 16 oktyabr kuni Florida shtati Universiteti professori Maykl MakDonald tomonidan yaratilgan "Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi saylovlar loyihasi" portalida e’lon qilingan.

Unga ko‘ra, AQSHda 21 million 867 ming 207 kishi oldindan ovoz bergan. 

Bu borada Texas yetakchi bo‘lib turibdi. Shtatda allaqachon 2 million 440 ming 695 nafar saylovchi ovoz berib bo‘lgan. 

Yetakchilik borasida keyingi o‘rinlarni Kaliforniya (2 million 382 ming 531 nafar saylovchi), Florida (2 million 274 ming 191 nafar saylovchi) va Nyu-Jersi (1 million 293 ming 128 nafar saylovchi) shtatlari egallagan.

Michigan va Minnesota shtatlarida mos ravishda 1,3 million va 911 mingdan ortiq amerikalik o‘z tanloviga muddatidan oldin ovoz bergan.

Ma’lumot uchun, AQSHda navbatdagi prezidentlik saylovlari 3 noyabr kuni o‘tkaziladi. Amaldagi Prezident respublikachi Donald Trampga demokrat Jozef Bayden raqiblik qiladi. Vitse-prezidentlik uchun Maykl Pens va Kamola Xarris bellashadi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh

Baholaganlar

105

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing