AQSHdagi qamoqxonadan 11 mahbus qochib ketdi (video)

Olam

image

AQSHning Nyu-Orlean shahridagi qamoqxonadan 11 nafar mahbus qochib ketdi. Bu haqda ABC News politsiyaga tayanib xabar berdi.

Orlean adliya markazidan qochgan erkaklarning to‘rt nafari qotillikda ayblangan. Xususan, 2018 yilning kuzida shahar festivalida ikki kishini o‘ldirgan va ikki kishini yaralagan Derrik Groves qamoqdan qochib ketgan.

Qochganlar orasida oiladagi zo‘ravonlik, odam o‘ldirishga urinish va qurol saqlashda ayblanganlar ham bor. Erkaklar qamoqxonani kechasi tark etgan va ularning yo‘qligini qo‘riqchilar ertalab payqagan.

Kameralardan birida tashqariga chiqadigan teshik aniqlangan. Jinoyatchilar devorga qochish juda oson bo‘lganini yozib ketgan.

Mahbuslarning Kendell Mayls fransuz kvartalidan topilgan. Rasmiylarga ko‘ra, u mehmonxona garajida mashina tagiga yashiringan holda topilgan. Mayls ikkinchi darajali qotillikka urinishda ayblanmoqda.

Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, ikkinchi mahbus Robert Mudi kecha,16 may kuni kechqurun qo‘lga olingan. Mudining qo‘lga olingani haqida qo‘shimcha ma’lumot darhol e’lon qilinmadi. Uchinchi mahbus – Dkenan Dennis esa Chef Menteur shossesi yaqinida qo‘lga olingan.

Sakkiz mahbus ozodlikda qolmoqda, jumladan, ikkinchi darajali qotillikda ayblanayotgan to‘rt kishi - Kori Boyd, Lenton Vanburen, Jermeyn Donald va Derrik Grovz.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bangladesh sharqida joylashgan Gazipur shahridagi Kashimpur qattiq tartibli markaziy qamoqxonasidan 200 dan ortiq mahkum qochishga muvaffaq bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

qamoqxona Mahbuslar N'yu-Orlean shahri Kendell Mayls Dkenan Dennis

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing