AQSHdagi ibodatxonada 11 kishini otgan shaxs o‘limga hukm qilindi
Olam
−
03 avgust 2023
6156Amerika Qo‘shma Shtatlarining Pittsburg shahridagi yahudiylar ibodatxonasida 11 kishini otib o‘ldirgan shaxs o‘limga hukm qilindi. Bu haqda CNN nashri xabar berdi.
Keltirilishicha, bu qatllarga moratoriy joriy etgan Prezident Jo Bayden ma’muriyati tomonidan chiqarilgan birinchi shunday hukmdir. Ibodatxonadagi yahudiylarga miltiq bilan o‘q uzgan Robert Bauersga hukm qilish qarori bir ovozdan qabul qilinishi kerak edi, aks holda u shartli ravishda umrbod qamoq jazosiga hukm qilinardi.
Ma’lum qilinishicha, voqea 2018 yilning 27 oktyabr kuni yuz bergan. Robert ismli shaxs Shabbat marosimida “Hayot daraxti” ibodatxonasiga bostirib kirib, odamlarga qarata o‘q uzgan. Halok bo‘lganlar orasida 97 yoshli ayol va 60 yildan ko‘proq vaqt oldin ibodatxonada turmush qurgan er-xotin ham bo‘lgan. Omon qolgan olti kishidan to‘rt nafari voqea joyiga yetib kelgan politsiya xodimlari edi. Mahalliy manabalarga ko‘ra, otishma paytida erkak “barcha yahudiylar o‘lishi kerak” , deb baqirgan.
LiveBarchasi