AQSHda yolg‘on bayonot bergan o‘zbekistonlik qamaldi

3-sahifa

image

Kecha, 10 iyul kuni AQSHda 37 yoshli o‘zbekistonlikka federal huquq-tartibot idoralariga yolg‘on bayonot bergani uchun bir oylik qamoq jazosi tayinlandi. Bu haqda Konnektikut shtatining Nyu-Xeyven shahridagi tuman prokuraturasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston fuqarosi S.M 2009 yilning fevral oyida AQSHga ko‘chib ketgan, Konnektikut shtatining Nyu-Britaniya shahrida yashagan va 2010 yilning sentyabrida rezident sifatida qonuniy ro‘yxatdan o‘tgan. U 2013 yilning 27 mayida AQSHdan Istanbulga jo‘nab ketgan. Safar davomida u akasi Suriyadagi fuqarolar urushida halok bo‘lganidan xabar topgan.

Ammo Federal tergov byurosi maxsus agentlari bilan Turkiyaga qilgan safari va akasi haqida so‘rov bo‘lib o‘taganda, u agentlarga bir necha bor yolg‘on gapirgan. Jumladan, akasi tirikligi hamda Turkiya yoki Dubayda yashayotganini, Turkiyaga qilgan safari chog‘ida akasi bilan uchrashgani, hatto akasi unga jo‘natma yuborganini aytgan. Shuningdek, u akasining qayerdaligini bilmasligini, AQSHdagi o‘zbekistonliklarning Suriyaga jang qilish uchun ketayotgani haqidagi gap-so‘zlardan bexabarligini ma’lum qilgan.  

“Aslida esa uning akasi AQSHdan Suriyaga borib, fuqarolar urushi paytida halok bo‘lganini bilar edi”, deyiladi xabarda.

2013 yil iyul oyi boshida uning telefonidan akasining Suriyadagi bir qancha video va fotosuratlari, jumladan harbiy kiyimda qurol tozalayotgani va akasining o‘limidan keyingi tasvirlar topilgan.

 “Hakamlar hay’ati o‘zbekistonlikni huquq-tartibot idoralariga yolg‘on bayonot berganlikda aybdor deb topib, bir oylik qamoq jazosi va bir yil muddatga nazorat ostida saqlashga hukm qilindi”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh yolg'on bayonot

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made