AQSHda yog‘gan kuchli qor sababli favqulodda vaziyat joriy etildi
Olam
−
19 dekabr 2020
5297Kuchli qor yog‘ishi munosabati bilan AQSHning Nyu-York shtatidagi 14 ta okrugda favqulodda vaziyat joriy etildi.
Yo‘llar muzlagani natijasida yuz bergan baxtsiz hodisalar taxminan to‘rt kishining o‘limiga sabab bo‘lgan.
Bir nechta hududlarning transport tizimi faoliyati to‘xtatilgan. Pensilvaniya shtatidagi yo‘llar yaxmalakka aylangan.
Bir nechta shtatlar ma’muriyati zarur bo‘lmaganda avtomobillardan foydalanmaslikni so‘ragan. Nyu-Jersi shtatida avtobus va poyezd qatnovi to‘xtatilgan, bu esa koronavirusga qarshi vaksinani yetkazib berish va tarqatishni sekinlashtiradi.
Qayd etilishicha, AQSH sharqida o‘tib borayotgan hafta mobaynida bir oylik me’yordan ko‘proq yog‘ingarchilik kuzatilgan.
LiveBarchasi