AQSHda yangi shtat paydo bo‘lishi mumkin
Olam
−
07 noyabr
11996Puerto-Riko oroli maqomi bo‘yicha referendumda aholining ko‘pchiligi AQSH tarkibiga shtat maqomida qo‘shilish tarafdori ekanini bildirdi. Bu haqda mahalliy “Nuevo Dia” nashri xabar berdi.
Nashrga ko‘ra, ovozlarning 91,35 foizi qayta ishlangandan so‘ng, ovoz berganlarning 56,82 foizi AQSHga qo‘shilishni, 30,85 foizi orolning mustaqilligini, 12,33 foizi esa kengaytirilgan avtonomiyani qo‘llab-quvvatlagan.
Ma’lumot uchun, amaldagi qonunchilikka ko‘ra, 1898 yildan beri Puerto-Riko na suveren davlat, na AQSH shtati hisoblanadi, biroq AQSH hududi sanaladi. Bu ularni qo‘shma shtatlik fuqarolarning ayrim imtiyozlari bilan ta’minlaydi, lekin mamlakat saylovlarida ovoz berish huquqini bermaydi.
Orol maqomi bo‘yicha referendum allaqachon oltinchi marta o‘tkazilmoqda, ammo turli sabablarga ko‘ra ushbu masalani hal qilish hali ham amalga oshmagan. Xususan, 2017 yilda Puerto-Riko aholisi taxminan 97 foiz ovoz bilan orolni AQSH shtatiga aylantirish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlagan.
LiveBarchasi