AQSHda yana bir o‘zbekistonlik koronavirusdan vafot etdi

Olam

image
Koronavirus tarqalishini eng samarali tiyib turgan davlat ma’lum bo‘ldi north_east

Koronavirus tarqalishini eng samarali tiyib turgan davlat ma’lum bo‘ldi

Kecha, 6 aprel kuni AQSHning Nyu-York shahrida 1969 yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi R.X. koronavirus infeksiyasi yuqtirib olishi natijasida vafot etdi. O‘zbekistonning Nyu-Yorkdagi Bosh konsulxonasi ma’lum qildi.

Ma’lumotga ko‘ra, 22 mart kuni R.X.da kasallikning birinchi alomatlari qayd etilgan, uning sog‘lig‘i keskin yomonlashishi munosabati bilan 2 aprel kuni u shifoxonaga yotqizilib, o‘pkani sun’iy shamollatish apparatiga ulangan va sun’iy komaga tushirilgan.

Ushbu davrda Bosh konsulxona uning qarindoshlari bilan doimiy aloqada bo‘lib turgan.

Hozirgi paytda Bosh konsulxona diasporal tashkilotlari rahbarlari va faollari bilan birgalikda uning dafn marosimi bilan bog‘liq tashkiliy masalalarni hal qilmoqda.

Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya izhor etadi va AQSHda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari zarur hollarda O‘zbekistonning Vashington shahridagi elchixonasi (tel: +1-202-887-5300 (ichki.1)) va Nyu-York shahridagi Bosh konsulxonasiga (tel: +1-212-754-7403) murojaat qilishlari mumkinligini eslatdi.

Avvalroq, ikki nafar o‘zbekistonlik AQSHda koronavirus infeksiyasi bilan kasallinb, vafot etgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus

Baholaganlar

242

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing